«HAUL TRUCKS-CA» – 1 yil!

Bugungi kunda «Haul Trucks-CA» MCHJ XK o’zining birinchi tug’ilgan kunini nishonlamoqda.

Bundan roppa-rosa bir yil oldin 2023-yil 20-iyulda kompaniyamiz O’zbekiston Respublikasi konchilik korxonalariga karer texnikasi, ehtiyot qismlar, markali moylash materiallari yetkazib berish va servis xizmatlarini ko’rsatish maqsadida tashkil etilgan edi. Biz uzoq muddatli o’zaro manfaatli hamkorlikka qaratilgan ishonchli hamkormiz va har bir iste’molchiga individual yondashuvni muvaffaqiyatli qo’llaymiz.

Bu yil ulkan ishlar amalga oshirildi. Bizni rivojlanish va yaxshilanishga undaydigan sheriklarimizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.

Bizni tanlaganingiz uchun tashakkur!