«AGMK» AJ karyer avtomobil samosvallari haydovchilari o’rtasida tanlov o’tkazdi

27 iyul kuni «AGMK» AJ texnologik transport boshqarmasida karyer avtomobil samosvallari haydovchilari o’rtasida professional mahorat tanlovi o’tkazildi.
Tanlov ikki bosqichda o’tkazildi. Birinchi bosqichda tanlov ishtirokchilari haydash va karer avtoulovidan foydalanish bilan bog’liq nazariy savollarga javob berishdi. Ikkinchi bosqichda ishtirokchilar dinamik haydash simulyatorida amaliy ko’nikmalarini namoyish etdilar.

Tanlovda g’olib chiqqan haydovchilar «AGMK»AJ kasaba uyushmasi qo’mitasining qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlandilar.

«Haul Trucks-CA» kompaniyasi barcha haydovchilarga muammosiz ishlashni, kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatlar va yaxshi yo’llarni chin dildan tilaydi! Kasbga sodiqligingiz uchun tashakkur!