«Haul Trucks-CA» «NKMK» ni 65 yilligi bilan tabriklaydi!
«Haul Trucks-CA» kompaniyasi o’zining strategik hamkori – «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» ni mamlakatimizda uran sanoati tashkil etilganligi va tashkil etilganining 65 yilligi bilan chin dildan tabriklaydi.

O’zining uzoq tarixi davomida «Navoiy KMK» mamlakat va dunyodagi sanoat, iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlarga muvaffaqiyatli moslashib, shonli mehnat yo’lidan o’tdi.

Halol mehnat, yuqori professionallik, ishchilarning mahorati va shonli an’analarni saqlab qolish tufayli kombinatda ishlab chiqarish hajmi oshib, yangi samarali texnik yechimlar joriy etilmoqda!
Biz butun NKMK jamoasiga eng ulkan loyihalar va rejalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar, cheksiz hayot optimizmi va ishlab chiqarishni rivojlantirishda cheksiz imkoniyatlar tilaymiz!