KON TEXNIKALARI ISHLAB CHIQARISHNI MAHALLIYLASHTIRISH
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 avgustdagi «Sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va kooperatsiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimini joriy etish uchun davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mas’uliyatini yanada oshirish to’g’risida» PQ–4426 – sonli qaroriga muvofiq, mamlakat sanoat tarmog’idagi korxonalarga kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va chuqurlashtirish, import qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Kompaniyamiz maqsadi milliy brend ostida kon texnikalari ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan bo’lib, mahsulotlarni O’zbekiston Respublikasining ichki bozorida sotishni hamda Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport qilishni rejalashtirmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori ijrosini ta’minlash, korxonalarning ishlab chiqarish quvvati bilan tanishish maqsadida «HAUL TRUCKS–CA» MCHJ XK xodimlari kon texnikasi ishlab chiqarisni mahalliylashtirish loyihasi rahbari Turakulov Faxriddin Shavkatovich boshchiligida quyidagi kompaniyalarning sanoat maydonlariga tashrif buyurishdi:
• «ENTER STEEL» MCHJ CHEIIK (metall konstruktsiyalar, kranlar, rezervuarlar, konteynerlar, yuqori bosimli idishlar, texnologik bloklar, estakadalar, oqava suvlarni qayta ishlash uchun konstruktsiya elementlari, osma uskunalar uchun po’lat konstruktsiyalar ishlab chiqarish);
• «Qo’qon mexanika zavodi» AJ (metall konstruksiyalar, konteynerlar va yuqori bosimli idishlar ishlab chiqarish);
• «And Askarat Elite» MCHJ (avtomobilning plastik qismlarini ishlab chiqarish);
• «STEEL PROPERTY CONSTRUCTION» MCHJ (metall konstruktsiyalar ishlab chiqarish);
• «NIF – SERVIS» XK (texnik rezina detallar ishlab chiqarish);
• «AVTOKRAKTORRADIATOR» MCHJ QK (avtomobillar, traktorlar va harbiy texnika dvigatellarini sovutish tizimining radiatorlarini ishlab chiqarish);
• «NAVPROMLITMASH» MCHJ (UNIVERSAL FILTER) (havo, yoqilg’i va moy filtrlarini ishlab chiqarish);
• «GIDRO STANKO SERVIS» MCHJ (metall konstruktsiyalar, reduktor qutilari va turli xildagi detallarni ishlab chiqarish);
• «STEKLOPLASTIK» MCHJ (mebel, metall konstruktsiyalar, kompozitsion va plastmassa detallar, kesimi to’rtburchaklar va dumaloq quvurlar ishlab chiqarish);
• «TEXNOPARK» MCHJ (metall konstruktsiyalar, yuk va yo’lovchi liftlari, sovutish va muzlatish uskunalari ishlab chiqarish);
• «TOSHKENT RUBBER PRODUCTS» MCHJ (texnik rezina detallar ishlab chiqarish);
• «GLAS SILVER» MCHJ («AVTO GLASS») (avtomobil oynalarini ishlab chiqarish);
• «EDOGLASS-SERVIS» XK (avtomobil oynalarini ishlab chiqarish) va boshqalar.
