HAUL TRUCKS-CA KOMPANIYASI ENG YAXSHI KON TRANSPORT VOSITALARI HAYDOVCHIILARINI KASB BAYRAMI MUNOSABATI BILAN MUKOFOTLADI

O‘zbekiston Respublikasida har yili oktyabr oyining oxirgi yakshanbasida “Avtomobil transporti xodimlari kuni” nishonlanadi. Ushbu bayram har bir haydovchining tog‘-kon sanoati rivojidagi ahamiyatini va qo‘shgan hissasini tasdiqlaydi.

“Olmaliq KMK” AJ (Toshkent viloyati) hududidagi “Metallurg” madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda “HAUL TRUCKS-CA” kompaniyasi faol ishtirok etib, kon transpot vositalarini ekspluatatsiya qilishda ko‘p yillik vijdonan mehnati va kasbiy yutuqlarga erishgan o‘z ishining mohir ustalarini tabrikladi hamda ularga faxriy yorliqlar va kompaniyaning sovg‘alari topshirildi.

Kon transport vositasi haydovchisining ishi – oson ish emas, u doimiy takomillashish va mas’uliyatni talab qiladi. Barchangizga farovonlik, kasbiy faoliyatingizda muvaffaqiyatlar va yangi yutuqlar tilaymiz! Kasbga sodiqligingiz uchun tashakkur!